ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR “DEVON”IDAGI ALISHER NAVOIYGA BAG‘ISHLANGAN RUBOIYLAR
Abstract
Navoiy va Bobur Mirzoning taqdirida va tabiatida bir-biriga o‘xshashliklarni kuzatish mumkin. Bu ikki zot ham bolaligida tinch-osoyishta hayot bag‘rida yetuk ustozlar qo‘lidan saboq olgan.Tasavvuf ruhida tarbiya topgan va qomusiy bilimlar sohibi Navoiyning ham, Boburning ham birlashtirib turuvchi ulug‘ siymo va qutbul avliyo bu Xoja Ahror Valiydir.Xoja Ubaydulloh bu ikki zotning ustozi va piridir. Navoiy rasmiy lavozimlardan voz kechib, umrining so‘nggi 15 yilida barakali ijod bilan shug‘ullandi va go‘shanishinlikni ixtiyor aylab, darveshlardek Abdulla Ansoriy mozorida Jurubkashlik (supuruvchilik) vazifasiga o‘tdi. Bobur ham Hindistonni zabt etgach, taxtni Humoyun Mirzoga topshirib, qolgan umrini darveshlikka va ijodga bag‘ishlashni orzu qilgan. Bu ikki shaxs birdek yurtni obod qilish hamda bunyodkorlik bilan shug‘ullanganligi barchamizga ma’lum. Ularning hayoti va faoliyatida bir biriga o‘xshash tomonlariga misollar istagancha topiladi.
References
.Zahiriddin Muhammad Bobur. Nazm durdonalar. Nashrga tayyorlovchi Hasanxo‘ja Muhammadxo‘ja o‘g‘li. T.: “Sharq”, NMK BT, 1996.-B.1996.-B.208.
6.Bobir. Tanlangan asarlar. T.: O‘qituvchi, 1976.-B.88.
4. Bobur devoni. Kobul nashriga takmila. Nashrga tayyorlovchi Shafiqa Yorqin. T.: “Sharq” NMAK BT, 2004.
3.Mirzo Muhammad Haydar Ayoziy. Tarixi Rashidiy. T.: O‘zbekiston, 2011.-B.240.
4.Muhammad Ali Sodiqbek Sodiqiy Afshar. Majma’u-l-xavos.T.: Mumtoz so‘z, 2019.-B.19.
5.Nizomiddinov N. Buyuk boburiylar tarixi. (XVI-XIX asr). T.: Fan va texnologiyalar, 2012.-B.329.
6.Rahmon V. Mumtoz so‘z sehri. T.: O‘zbekiston, 2015.-B.149.
7.Rahmonov V. Boburning fors tilidagi «Taqti» risolasi topildi./ «Zahiriddin Muhammad Bobur adabiy merosining jahon adabiyotida tutgan o‘rni va ahamiyati» mavzusidani ilmiy – amaliy anjuman materiallari.-Samarqand, SamDU, 2024.-B.6.
8.Sattoriy H. Sohibqiron abadiyati. T.: Sharq NMAK BT, 2016.-B. 83-84.
9.Sotimov G‘. Markaziy Osiyo va Hindiston tarixida Boburiylar davri. T.: G‘.G‘ulom nomidagi NMIU, 2008.-B.229.
10.Sulton X. Boburiynoma. Ma’rifiy roman. T.: “Sharq” NMK BT,1997.-B.299.
11.Seydi Ali Rais. Mir’otul mamolik. Tarjima va izohlar muallifi: Sh. Zunnunov. T.:Fan, 1963.-B.77.
12.Faxriy Hiraviy. Ravzat us-salotin. T.: Mumtoz so‘z, 2014.69-70-b.
13.Fayziyev T. Temuriylar shajarasi. T.: Yozuvchi – Xazina, 1995.-B.242.
14.Qosimov B. Uyg‘ongan millat ma’rifati. T.: Ma’naviyat, 2011.-B.119-128.
15.Qorayev Sh. Bobur va Boburiy ijodkorlar tarixi.//International journal of scientific researchers. Impakt Faktor. 7.293.–Toshkent, Vol.5, No. 2 (2024).-P.763-814.
16. Qorayev Sh. Navoiy adabiy majlislari.-Qarshi: “Qashqadaryo ko‘zgusi OAV”, 2019.-B.180.