OILAVIY-HUQUQIY MUNOSABATLAR
Abstract
Oila muqaddas dargoh, har qanday maxluqot faqatgina oilada o‘z baxtini topadi. Ammo ba’zi yot kayfiyatdagi qatlam a’zolari buni anglay olishmaydi. Oilaviy-huquqiy munosabatlar qanday shakillanadi? O‘zbekiston Respublikasi amaldagi qonunchiligiga binoan oilaviy-huquqiy munosabatlar fuqarolarning nikoh shartnomasini tuzishlari(ro‘yhatga olinishi)dan tashkil topadi. Davlatimizda nikohdan o‘tishga erkak va ayollar uchun 18 yoshdan ruxsat etiladi. Qadimdan oilalarda farzand tarbiyasida Islomiy ilmlar, kasb-korlar o‘rgatish orqali tashkil qilingan. Biroq, globallashuv, “ommaviy madaniyat”, axborot xurujlari hamda yosh oila boshliqlarining xorij davlatlarga migratsiyasi sababli ko‘plab oilalarda farzand(lar) tarbiyasi o‘zi bo‘larcha holatga tashlab qo‘yilmoqda. Bu esa yoshlarning yot va zararli mafkuralarning asiriga tushib qolishiga zamin yaratib bermoqda. Ziyoli(ilmli) qatlam oilalari farzandlariga nima to‘g‘ri-yu nima noto‘g‘riligi, oq-qorani ajrata oladigan, uzoqni ko‘ra oladigan yosh kadrlarni yetishtirib bermoqda. Xiyonat, yosh oilalarning ajrimlari soni yil sayin ko‘payib bormoqda. 2014-yilgi ma’lumotga ko‘ra 400000 ga yaqin oila ajrim uchun ariza berishgan bo‘lsa 2015-yilda 45000 dan ortiq oilaga ajrim berilgan. Bu esa masalaning naqadar dolzarbligini aks ettiradi. Ota-onaning voyaga yetmagan farzandlari uchun aliment berish majburiyatlari, shuningdek voyaga yetga va mehnatga layoqatli fuqarolar ota-onalariga nafaqalar berish majburiyatlari qonun bilan belgilanganligi. Davlatimiz oilaviy-huquqiy munosabatlar borasida islohotlar olib bormoqda haqida bayon etilgan.
References
10-sinf “Davlat va huquq asoslari” “Toshkent” 2023. 42-bet
Oila Kodeksi 3-modda. Lex.uz sayti.
Daryo.uz sayti ma’lumotidan olingan.
O‘zbekiston Respublikasi Oila Kodeksi 109-modda. Lex.uz sayti.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi Toshkent “Yuridik adabiyotlar publish” nashriyoti.