DIKTANT O`TKAZISHNING BOSHLANG`ICH SINF O`QUVCHILARI UCHUN AHAMIYATI

Authors

  • Nabijonova Feruza Valijon qizi, Farg`ona davlat universiteti o`qituvchisi

Abstract

Boshlang'ich sinf o'quvchilarining savodxonligini oshirishda foydali mashqlardan biri diktantdir. Diktant o'tkazishda o'quvchilarning imkoniyatlarini hisobga olish, ishda aniqlikka e'tibor berish, soddadan murakkabga borish muhim ahamiyatga egadir. Shuningdek, o'quvchilarni o'z-o'zini tekshirishga odatlantirish zarur. O'quvchi diktant yozishda so'zning harfiy ifodasini ko'rmay, eshitish sezgisi orqali tovushlar majmuasini tasavvur etadi, tovushlarni harflar bilan almashlab yozadi. Bunda psixologik jarayon bilan fiziologik jarayonning birgalikda harakatlanishi so'zlar shaklining bolada mustahkamlanib borishiga imkon beradi. Shuning uchun ham diktant imlo o'rgatishda o'z tabiatiga ko'ra to'la ta'limiy yozma ish hisoblanadi. Diktantlar maqsadiga ko'ra ikki turli bo'ladi:

Downloads

Published

2024-05-13