BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARINING TALAFFUZDAGI NUQSONLARNI BARTARAF ETISH MODELI
Abstract
Mamlakatimizda o’zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi davlat ishlarining, o’qish-o’qitish, ta’lim-tarbiya, targ’ibot-tashviqot ishlarining shu tilda olib borilishi uchun juda katta sharoit yaratib berdi. Ona tilimizga bo’lgan munosabat tubdan o’zgardi, uning barcha imkoniyatlarini o’rganish ishlari katta miqyosda olib borilyapti. Lekin, shuni ham eslash kerakki, tilning ijtimoiy vazifasini bajarilish darajasini belgilovchi omillardan biri bo’lmish nutq madaniyati yetarli taraqqiy etmaganligi ko’ngilsiz holatdir. Shu bois nutq madaniyati sohasini puxta o’rganish oldimizga qo’yilgan asosiy vazifalardan biridir. Chunki nutqimizda uchrab turadigan nuqson va kamchiliklarni bartaraf qilish, nutq madaniyatini har qachongidan ham yaxshiroq rivojlantirish davlat ahamiyatiga molik bo’lgan siyosiy va ijtimoiy masaladir. Bu masala bilan shug’ullanish ishiga faqat filologlar emas, balki jumhuriyatimizda yashovchi barcha soha vakillari e’tibor berishlari maqsadga muvofiqdir.
Kalit so’zlar: Nutq madaniyati, boshlang’ich sinf, og’zaki shakl, yozma shakl, nutqiy xatolar, lagoped.
References
https://kompy.info/denov-tadbirkorlik-va-pedagogika-instituti.html?page=3
Meretgeldieva Aygul Boshlangʻich sinflarda xatolarni toʻgʻrilash va ularning oldini olish. Eurasian journal of technology and innovation, Volume 1, Issue 8, August 2023 ISSN 2181-2020 Page 7
Yalgashova Nilufar, Sulaymonova Tanzila.,Nutqiy xatolar va ularni bartaraf etish yo‘llari Scientific progress volume 2 ǀ ISSUE 8 ǀ 2021 ISSN: 2181-1601, www.scientificprogress.uz Page 769