ERON SAFAVIYLARIGA QARSHI KURASHGAN SHAYXLAR TARIXIDAN LAVHALAR

Authors

  • Sh.U.Nurkosimov Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti talabasi Qurbonova Guzal Saydaxmatovna Toshkent shahar Sirg’ali tumani Toshkent davlat pedagogika universiteti tayanch doktoranti O`zbekiston tarixi ixtisosligi

Abstract

Temuriylar davlatining inqirozi Movarounnahr va Xuroson hududida siyosiy-ijtimoiy vaziyatni ancha izdan chiqarib yubordi. Ayniqsa, bu holat Eron va Ozarbayjon hududlarga ham o’zining ta’sirini o’tkazmay qolmadi. Ismoil Safaviy[1] harbiy muvaffaqiyati soyasida Eron bilan Arabistonning katta qismida hokimyat o’rnatdi. Xususan, uning zo’r hizmati va shuhratini orttirgan narsa shuki, ota-bobolari an’anasi bo’yicha harakat qilib, mazhab (shia[2]) ni qattiq sur’atda himoya etdi va targ’ibot vositasida to’rtinchi xalifa hazrat Ali avlodiga hurmatni milliy ibodat darajasiga ko’tardi[3]. Temuriy Sulton Husayn[4] mirzoning hayotlik vaqtlarida ham, Hirot, Buxoro, Samarqand, ulamolari shialarga nisbatan murosasizlik siyosatini qo’llab, musulmon emasliklarini ayb qilib ularni umumiy ravishda qul qilib sotilishiga imkon berdilar va ular bilan nikohni man qildilar. 

 

[1] Shoh Ismoil Ardabil (Eron Ozarbayjoni) Safaviyya tariqatining ko’zga ko’ringan shayxlaridan bo’lmish shayx Haydarning o’g’li. Ismoil 908/1502 yili shu erda shoh qilib ko’tarilgan. Va keyinchalik (1502-1504 yillarda ) butun Eronni o’ziga bo’ysindirib Safaviylar sulolasiga (1502-1756) asos slogan.

[2] Shialik (arabcha: شيعة — guruh, tarafdorlar) — islomdagi 2 asosiy yoʻnalishdan biri. Shia soʻzining toʻliq shakli "shi’at Ali" ("Ali partiyasi") boʻlib, bu nom Ali ibn Abu Tolib va uning avlodlariga ergashganlarga nisbatan berilgan. 7-asr oxirlariga kelib Iroq va Eronda keng tarqalgan va islomdagi mustaqil yoʻnalishga aylangan

[3] Herman Vamberi. Buxoro yohud Movarounnahr tarixi. -Toshkent G’afur G’ulom nomidagi Adabiyot va San’at nashiryoti. 1990. 61-bet.

[4] Husayn Boyqaro (Husayniy) (1438-yilHirot1506-yil4-may, Bobo-Ilohi, Hirot yaqinida) - Temuriylar sulolasining vakili, Xuroson podshosi, taniqli shoir va davlat arbobi.

References

To’rayev H; Buxoro xonligining XVI-XVII Asrlar ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy -madaniy hayotida Jo’ybor Xojalarining tutgan o’rni. Tarix fanlari doktori ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya - Toshkent:2007-96-bet.

Hoshimxoja Mahdumi A’zamning nevarasi va Xoja Kalonxojaning farzandi. Dahbediy xojalar tabaqasini va Dahbed mavze’sini shuhratini Mahdumi A’zamdan keyin oshirgan shaxs ham aynan Xoja Hoshim Dahbediydir. Hoja Hoshimning ulug’ligin shundan ham bilish mumkinki, qabrining oyoq tomonida Afg’onistonning podshohlari Shoh-Hidoyat ibn Shoh Qosim, Shoh Saodat (XVII asrning ikkinchi yarimida vafot etgan); Amir Sultonqul va malika Iqlimabonu kabilar ko’milgan. Go’r Amir maqbarasini hisobga olmaganda biror joyda bir pirning oyoq ostida bunchalik ko’p hukumdorlar yotishmagan.

Downloads

Published

2023-11-11