ZAMAXSHARIYNING ILM-FANGA QO’SHGAN MUNOSIB HISSASI

Authors

  • F.Abzalova Xadichai Kubro ayol-qizlar o’rta maxsus islom ta’lim muassasasi o’qituvchisi

Abstract

  Abul Qosim Mahmud ibn Umar ibn Muhammad Zamaxshariy milodiy 1075-yilning 19-martida i Xorazmning Zamaxshar qishlog‘ida o‘z davrining ziyoli oilasida tavallud topgan.   Uning eng birinchi ustozi otasi bo’ldi.  Baxtsiz hodisa tufayli yoshligida bir oyog‘i cho‘loq bo‘lib qolgach, otasi og‘ir mehnatga yaramaydi deb, uni tikuvchi ustaga shogirdlikka bermoqchi bo‘ladi. Lekin yoshligidan ilmga bo’lgan kuchli ishtiyoqi tufayli Mahmud otasidan o‘zini madrasaga o‘qishga yuborishini iltimos qiladi. O‘g‘lidagi ilmga bo‘lgan rag’batini ko’rgan ota o’g’lining  ilm yo’lidan ketishiga imkoniyat yaratib berdi. Ana shu paytdan boshlab yosh Zamaxshariy ilm-fanning turli sohalari bilan qiziqib, o‘z tengqurlari orasida zo‘r qobiliyat va katta iste’dodini namoyon qila boshlaydi. Madrasada arab tili va adabiyoti, diniy ilmlar majmuasini to‘liq egallab, xattotlik san’atini ham mukammal o‘zlashtiradi. So’ng o‘z bilimini oshirish va har tomonlama mukammal bilimga ega bo‘lish maqsadida Buxoro shahriga yo‘l oladi. Chunki Buxoro o‘sha paytda, mashhur olim-filolog Abu Mansur Saolibiyning (961–1038) iborasi bilan aytganda «Somoniylar davridan boshlab shon-shuhrat makoni, saltanat ka’basi va zamonasining ilg‘or kishilari jamlangan, yer yuzi adiblari to‘plangan va o‘z davrining fozil kishilari yig‘ilgan joy edi».        Zamaxshariy arab tilining grammatikasi, leksikasi, umuman arab tilshunosligiga oid muhim asarlar yaratgan. Arab manbalarida «Agar xorazmlik shu oqsoq bo‘lmaganida arablar o‘z tillarini mukammal bilmagan bo‘lar edilar!» degan fikr keltiriladi.

Downloads

Published

2023-10-09