DZYUDOCHILARNI JISMONIY TAYYORGARLIGI VA UNI RIVOSLANTIRISH
Abstract
jismoniy tayyorgarlik, texnik-taktik tayyorgarlik, optimallashtirish uslubi, nisbiy o‘sish, statistik xarakteristikalar.
Mavzusining dolzarbligi va zarurati. Bugungi kunda mamlakatimizda dzyudo turi bo‘yicha aholini turmush qatlamlarini qamrab olgan samarali milliy tizim vujudga kelgani va u hozirdanoq yaxshi natijalar berayotgani nafaqat o‘zimiz, balki xorijiy mutaxassislar tomonidan ham tan olinib, e’tirof etilmoqda. «Iqtidorli sportchilarni tanlab olish-seleksiya ishlarini takomillashtirish bo‘yicha yangi tizim joriy etilib, bu o‘zining dastlabki natijalarini bera boshladi». Mustaqillikning dastlabki yillaridanoq mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish hamda ommalashtirishga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda. Bugungi kunga qadar O‘zbekiston dzyudo bo‘yicha ko‘plab ilmiy adabiyotlar yaratilgan, shu bilan bir qatorda hali o‘rganilishi zarur bo‘lgan masalalar, ya’ni dzyudo turini yanada ommalashtirish, yoshlarni ushbu sport turiga jalb qilish, seleksiya va saralash ishlari bo‘yicha ilmiy-uslubiy qo‘llanmalar yaratish, O‘zbekiston terma jamoalariga zahira sifatida yosh, iqtidorli, qobiliyatli sportchilarni yetkazib berish kabi o‘z yechimini kutayotgan ko‘plab muammolar mavjud. Shu sababli, bugungi kunda dzyudochilarining o‘quv-mashg‘ulot yuklamalarini boshqarishni ilmiy asosda tashkil etish zarurati yuzaga chiqmoqda.
References
Arslonov Sh.A., Tangriyev A.J. - Sport pedagogik mahoratini oshirish (Dzyudo). Darslik. Toshkent “O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati” 2017 y. 188 b.
Kerimov F.A. Sport kurashi nazariyasi va usuliyati. -T.: UzDJTI, 2001. - 286 s.
Tastanov N.A. –Kurash turlari nazariyasi va uslubiyati. Darslik. T. 2017 y.
Bayturayev E.I. – Sambo kurashi nazariyasi va uslubiyati. O‘quv qo‘llanma. “Tamaddum”, Toshkent, 2016 y. 279 b.