BAYRAMLARNING VUJUDGA KELISHI VA ULARNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Authors

  • Yo’ldoshev Bobur Rustam o’g’li Jizzax davlat pedagogika universiteti magistranti

Abstract

Bayramlar qadimdan insonlar hayotining muhim va tarkibiy bo’lagi hisobla-nadi.  Bayramlarsiz odamlarning hayotini tasavvur qilish juda qiyin.  Ular xalqlar hayotining juda ajoyib va chiroyli taraflarini ko’rsatuvchi oyna vazifasini bajaradi.         Bayramlar insoniyat hayotida shu qadar mustahkam o’rin egallaganki, ularni nishonlamaydigan hech bir inson, oila, jamoa topilmaydi.  SHuningdek, har bir millat va elat, xalqning o’z taraqqiyot tarixi jarayonida shakllangan bayram-lari mavjud. O’rta Osiyo xalqlari, jumladan, o’zbek xalqining ham eng qadimiy     davrlardan shakllana boshlagan, asrlar bo’yi avloddan avlodga o’tib, kamol topib, bebaho merosga aylangan bayramlari ko’p. Bu bayramlarning  ma’lum  qismi  turlisabablar tufayli yo’qotilgan, ayrim bayramlar esa qarama-   qarshiliklarni  yengi ko’pgina fazilatlardan  ajralsada, butunlay yo’qolib ketagan, yana boshqalari esa xalq hayotida mustahkam o’rin olib, bizning zamonamizgacha yetib kelgan. O’zbek xalqining bayramlari qon qardosh xalqlarning tarixiy-madaniy aloqalari jarayonida shakllangan va rivoj topgan, boshqa xalqlar bayramlariga ta’sir etgan va o’z navbatida qarama-qarshiliklar, to’siqlarni yengib, boshqa xalqlar tajribasi bilan boyib kelgan uzoq tarixga ega.

References

Downloads

Published

2023-03-24