MAMLAKATIMIZDA KONSTITUTSIYAVIY ISLOHOTLAR INSON QADRI YO‘LIDA
Abstract
Ayni paytda mamlakatimizda jamiyat va davlat hayotining eng muhim masalasi sifatida ko’rilayotgan Konstitutsiyaga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish jarayoni bo’lib o’tmoqda. Avvalo, ushbu siyosiy jarayon inson va uning manfaatlari uchun degan ezgu fikr yo’lida konstitutsiyaviy islohotlar uchun xalqimizdan taklif va mulohazalar yig’ildi. Konstitutsiyaga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish yo’lida qonun loyihasi xalq muhokamasiga qo’yildi. Xalqimiz tomonidan qonun loyihasiga kiritilgan yangilanishlar va yangi normalar o’rganilib, ular tomonidan fikrlar almashildi. So’ng esa qonun loyihasi Oliy Majlis Senati tomonidan tasdiqlanib, xalq ovoziga qo’yildi. Konstitutsiyaviy qonun loyihasini xalq tasdiqlab beradi va qaysidir ma’noda imzolaydi. Shunda Konstitutsiya tom ma’noda mukammal va xalq Konstitutsiyasi sifatida qabul qilinadi