YANGI KONSTITUTSIYA – TARAQQIYOT QOMUSI
Abstract
2023 yilning 30 aprel kuni o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi umumxalq referendumida yangi tahriridagi Konstitutsiyaning qabul qilinishi mamlakatimiz hayotida olamshumul tarixiy voqea bo‘ldi. Ma’lumki, yangi tahrirdagi Konstitutsiya[1] O‘zbekiston jamiyatining evolyusion rivojlanishidan kelib chiqqan hayotiy zarurat bo‘lib, u adolatli jamiyat qurish yo‘lidagi ulkan qadamimizdir. Yangilangan Konstitutsiyada barcha aholi qatlam manfaatlari inobatga olingan, eng muhimi uni ishlab chiqishda aholi faol ishtirok etgani hamda referendum orqali qabul qilingani Asosiy qonunning chinakam xalq Konstitutsiyasi bo‘lganidan dalolat beradi.[2]
[1] Ўзбекистон Республикаси Конституцияси. Т.:Ўзбекистон, 2023.-Б.128.
[2] Ўзбекистон Республикаси Президентининг «Ўзбекистон Республикаси Конституция куни байрамига тайёргарлик кўриш ва уни ўтказиш тўғрисида”ги Фармойиши. https://lex.uz/docs/6663721