MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR IQTIDORINI RIVOJLANTIRISH MUAMMOSINING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK TALQINI
Abstract
Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalar iqtidorini rivojlantirish muammosining pedagogik-psixologik talqini o‘rganiladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentabrdagi "Iqtidorli yoshlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-346-sonli Qarori asosida yosh avlodning ilmiy-intellektual salohiyatini erta bosqichlardan qo‘llab-quvvatlash zarurligi alohida ta’kidlanadi. Maktabgacha yosh davrida bolalarda qiziqish, bilishga ochiqlik, tez o‘rganish va moslashuvchanlik kabi psixologik xususiyatlar iqtidorni aniqlash va rivojlantirishda muhim rol o‘ynaydi. Iqtidor tushunchasining mazmuni, uning pedagogika va psixologiya fanlaridagi o‘rni va vazifalari haqida ilmiy yondashuvlar ishlab chiqilgan. Iqtidor – bu insonning yuqori intellektual va ijodiy imkoniyatlarining tizimli ifodasi bo‘lib, u shaxsning rivojlanish jarayonida o‘ziga xos va umummilliy boylikni tashkil etadi. Iqtidorni rivojlantirish va unga ilmiy asoslangan pedagogik yondashuvlarni ishlab chiqish, maktabgacha yoshda iqtidorli bolalarni aniqlash va ularga kerakli yordam ko‘rsatishning muhimligi ayniqsa ta’lim tizimini modernizatsiya qilish jarayonida alohida ahamiyatga ega.
References
1. O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi. 4-jild. Zebiniso – Konigul. T.: “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti., 2002. – 273-274 b.
2. Yarmatov R.B. Iqtidorli o‘quvchilarni tarbiyalash va rivojlantirishning pedagogik mexanizmlarini takomillashtirish. Ped.fan.bo’yicha fal.dok. (PhD) diss., T.: 2017.,
3. Yarmatov R.B. Iqtidorli o‘quvchilarni tarbiyalash va rivojlantirishning pedagogik mexanizmlarini takomillashtirish. Ped.fan.bo’yicha fal.dok. (PhD) diss., T.: 2017.,
4. Yarmatov R.B. Iqtidorli o‘quvchilarni tarbiyalash va rivojlantirishning pedagogik mexanizmlarini takomillashtirish. Ped.fan.bo’yicha fal.dok. (PhD) diss., T.: 2017.,



