RAQAMLI TA’LIM MUHITIDA O’QUVCHILARDA IJTIMOIY FAOLLIKNI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK ASOSLARI

Authors

  • Faxriddinova O’g’iloy Rizo qizi NDU magistranti

Abstract

         XXI asrda ta’lim tizimida yuz berayotgan global o‘zgarishlar, xususan raqamli texnologiyalar hayotimizning barcha sohalariga kirib kelgani pedagogika fanining dolzarb masalalaridan biri yoshlarning ijtimoiy faolligini rivojlantirishni kun tartibiga qo‘ydi. Bugun o‘quvchi nafaqat bilim oluvchi, balki axborot iste’mol qiluvchi va yaratuvchi, hamda jamiyat hayotida faol ishtirok etuvchi shaxs sifatida shakllanishi zarur. Shu bois, ta’lim jarayonida raqamli muhit imkoniyatlaridan foydalanish pedagogikaning ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Raqamli ta’lim muhiti deganda faqat onlayn darslar emas, balki elektron resurslar, virtual loyihalar, interaktiv platformalar, masofaviy hamkorlik va multimediya vositalarini qo‘llash orqali o‘quvchilarning bilish faoliyati hamda ijtimoiy kompetensiyalarini rivojlantirish tushuniladi. Bunday muhit yoshlarning tashabbuskorlik, hamkorlik, ijodkorlik va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishda beqiyos ahamiyat kasb etadi.

References

1. Mirziyoyev Sh.M. Yangi O‘zbekiston strategiyasi. – Toshkent: O‘zbekiston, 2021.

2. Xodjayev U. Innovatsion pedagogika. – Toshkent: O‘qituvchi, 2020.

3. To‘raqulov U., Jo‘rayev A. Raqamli ta’lim metodlari. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2022.

4. G‘oziev E. Umumiy psixologiya. – Toshkent: Fan, 2019.

5. Dewey J. Democracy and Education. – New York: Macmillan, 2016.

6. UNESCO. Digital Learning and Education 2030. – Paris, 2022.

Downloads

Published

2025-09-01