KAM HARAKATLIK NATIJASIDA KELIB CHIQADIGAN KASALLIKLARNI XALQ TABOBATI BILAN DAVOLASHNING TOP 10 TA USULI

Authors

  • Usmonov Saidjon Abdusubxon o’g’li Farg’ona jamoat salomatligini tibbiyot instituti “Biofizika va axborot texnologiyalari” kafedrasi Biofizika fani assistenti
  • Shamsiddinova Yulduzxon Muhiddinjon qizi Farg'ona jamoat salomatligi instituti Xalq tabobati yo’nalishi 122-guruh talabasi

Keywords:

Kalit so’zlar: Ateroskleroz - bu qon tomirlari devorlariga salbiy ta'sir qiladigan juda jiddiy surunkali kasallik.

Abstract

Hozirgi XXI asr kompyuter va texnalogiyalar asri ekanligi hammamizga ma'lum. Kundan kunga insonlarni mehnatini yengillashtirish maqsadida yangidan yangi turli robotlar, texnikalar o‘ylab topilib, insonlar manfaatlari uchun foydalanishga topshirilmoqda. Albatta bu texnikalarini ishlab chiqarishdan asosiy maqsad insonlarning og‘irini yengil qilish. Lekin har narsani bir yaxshisi , bir yomoni bo‘ladi degan gap bekor emas. Chunki asalning ham ozi shirin. Hozirgi odamlarning texnikaga bo‘lgan talabi kundan kunga ortib bormoqda. Texnikalar bilan insonlarning yumushlari ancha yengillagani hammamizga ma‘lum . Ular ortiqcha chiqim, navbat kutish, asabbuzarliklardan ancha halos bo‘lishmoqda. Yuqorida aytilgandek bu texnikalar odamlarni bora  bora dangasalik kasalligini ortirib olishga olib keldi. Bunga bir oddiygina misol kompyuterni olish mumkin. Hozir bu texnikasiz hayotni tasavvur qilish juda qiyin. U hayotning bir bo‘lagiga aylangan. Foydali tomonlari juda ko‘p. Shu bilan birga zarari shundaki, insonlar  ko‘p vaqtlarini kompyuter oldida o‘tirib o‘tkazishadi. Ko‘p energiya va mehnat talab qiladigan yumushlarini ham bir zumda  qo‘l harakatlari bilan bitkazishadi. Bu esa insonning normal qilishi kerak bo‘lgan harakatlarni cheklaydi. Bundan tashqari har bir shaxs o‘zi uchun qulay, harakat talab qilmaydigan ishlarni tanlab, shug‘ullanishadi. Uzluksiz kun davomida o‘tirib ishlash natijasida kasb kasalliklarini insonlar o‘zlariga ortirib olishmoqda.

 

References

Downloads

Published

2023-04-01