BUXORO HUKMDORI AMIR NASRULLOHNING MUSHOIRA BAZMLARI VA MAJLISINING NADIMLARI (Qori Rahmatulloh Vozehning “Tuhfat ul ahbob fi tazkirat ul as’hob” tazkirasi ma’lumotlari asosida)
Abstract
Buxoro amiri Nasrullo haqida manbalarda turli xil salbiy fikrlar bildirilgan. Ayrim tarixchilar uni zolim amir bo‘lgani haqida yozishgan. Ahmad Donishning fikriga qaraganda ham, «bu amir mustabid, qat’iyatli, shafqatsiz, ishbilarmon podsho edi. Hukmdorlik davrida kimki el va ulus orasida fitna, qo‘zg‘olonlarda qatnashgan, ko‘rnamaklik qilgan bo‘lsa, hammasini jazoladi. O‘z davlati xayrixohlariga esa ko‘p iltifotlar ko‘rsatdi. Otasi yo‘lidan borib, din va ilmning rivojlanishiga e’tibor berdi va shariat yo‘q – yo‘riqlariga rioya qildi. Muhtasiblarni tayinlashga shunchalik e’tibor berildiki, uning davrida «uzum navdasining qizi iffat pardasida o‘tirardi». Nay va doiraning ovozi dahlizdan tashqariga chiqmas edi…
References
Sayyid Mansur Olimiy. Buxoro – Turkiston beshigi. Buxoro, 2004.-B.48.
Qori Rahmatulloh Buxoriy. Tuhfat ul ahbob fi tazkirat ul as’hob. –Buxoro: Buxoro, 2001.-B.22.
Mirzoolim Mushrif. Qo‘qon xonligi tarixi. T.: G‘.G‘ulom nomidagi ASN, 1995.-B.21-22.
Fitrat. Amir Olimxonning hukmronlik davri. –Toshkent: Minhoj, 1992.-B.64.
Qorayev Sh. O‘zbek xonliklarida adabiy kechalar (Muhammad Shayboniyxon va shayboniylar davri misolida). -T.: “LESSON –PRESS”, 2022.-B.114.
Qorayev Sh. O‘rta asr manbalarida o‘zbek xonliklari adabiy kechalari tarixi (Muhammad Shayboniyxon va shayboniylar davri misolida). -Qarshi: “Intellekt”, 2023.-B.148.
Qorayev Sh. Shayboniy sultonlar tazkirasi. Monografiya. -Qarshi: Intellekt, 2023.-B.206.
Qorayev Sh. O‘zbek sultonlari tazkirasi. Monografiya.-Qarshi: Ilm-fan va ma’naviyat, 2024.-B.264.