KAMBAGʻALLIKNI QISQARTIRISHDA KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIKNING ROʻLI
Abstract
Anotatsiya: Ushbu maqolada yurtimizda bugungi kunda olib borilayotgan iqtisodiyotni rivojlantirish va modernizatsiyalash, kambagʻallikni qisqartirishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni roʻli mavzularda bir qator fikir va mulohazalar aytib oʻtilgan. Ana shu maqsadda mamlakatimizda koʻplab ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan joriy yil boshida Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev raisligida kambagʻallikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash va kichik biznesni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha vidioselektir yigʻilishi oʻtkazildi. Ushbu yigʻilishda Prezidentimiz kambagʻallikni qisqartirishaning eng asosiy mexanizimi-aholini daromadli ish bilan ta’minlash ekanini takidlab oʻtdi.
Kambagʻallikni qisqartirishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik oʻrni sezilarli darajada ekanini bugungi kundagi qilingan ishlar samarasida koʻrishimiz mumkin. Mamlakatimizda kichik biznes uchun kotta imkoniyatlar berilmoqda. Xususan kichik biznes uchun chetki tumanlarda ishsiz aholi uchun kam foizli kredit va subsidialar ajratilishi, jumladan ishsizlikni oldini olish borasida qishloq xoʻjalik mahsulotlari yetishtirish uchun davlat tamonidan yer maydonlari ajratilishi yaqqol misol tariqasida koʻrishimiz mumkin.