It is an international open access conference. Where we cover all the fields of research like Aeronautics and Aviation Science, Anthropology, Art, Business Administration, Chemistry, Economics, Education, Engineering, Environmental Science and Health, Jou

Authors

  • Abdiqahhorov Davlatbek Muzaffar o’g’li Karimov Abdulaziz Abdulhamid o’g’li TerDu talabalari

Abstract

               Eʼtibor berib qarasam, bugun bizga nafaqat keksa avlod balki oʼrta avlod vakillari ham havas qilishadi. “Sizlar dorilamonlikning bolalarisiz. Bunga shukronalik keltiring. Va sizga shunday imkoniyatlar eshigini ochib bergan davlatimiz, xususan Prezidentimizga sidqidildan xizmat qiling. Ularni asrab-avaylang”, deya uqtirishadi.

        “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari” gʼoyasi asosida Yangi Oʼzbekistonni bunyod etish borasida barcha sohalarda keng koʼlamli islohotlar amalga oshirilayotgan bir paytda men kabi barcha yoshlar oʼzimizda Vatanga boʼlgan muhabbatning joʼshqin taʼsiri bilan yurtimiz va xalqimiz taqdiri uchun yuksak maʼsuliyat va javobgarlik hissini sezgan holda kuchli bilim va koʼnikmaga ega boʼlmoqdamiz. Zero, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Muhammad al-Xorazmiy nomidagi maktabda yoshlar bilan uchrashuvda: “Yangi Oʼzbekistonni, albatta, yoshlar bilan birga quramiz”, degan soʼzlari bejizga emas. Albatta bu yuksak ishonch barcha yoshlarni ruhlantirmoqda hamda dunyohamjamiyatida Oʼzbekiston yoshlari qanday katta kuch ekanligini oʼzining bilim va qobiliyati bilan isbotlashmoqda.

Downloads

Published

2023-05-01