NOZIK NUTQ INSONNING O‘ZI BILMAGAN YASHIRIN VA NOZIK QOBILIYATI. ICHKI YORDAMCHI VA SEZUVCHAN HISSIYOT
Keywords:
Kalit so‘zlar; Tuyg’u, ichki kechinmalar, ichki hissiyot, sehrgarlik, Alloh tomonidan berilgan yashirin qobiliyat, omad kalitiga olib boruvchi yo’l.Abstract
; Insonda shunday nozik qobiliyat borki, bu qobiliyat inson hayoti davomida unga yordamchi va motivatsion kuch bo’lib xizmat qiladi. Hayot yo’limizda sodir bo’layotgan har qanday voqelik bejizga emas. Har qanday yomonlik ortida yaxshilik yotadi, har qanday taqdir ortida bir insonning hayot yo’lidagi qiyinchiliklari yotadi, har bir soniya bekorga ketmaydi, har bir yurak bekorga urmaydi, har bir taqdir ortida ulkan hikmat yotadi. Demoqchi bo’lganim, har bir ishga insonning o’zi sababchi bo’ladi, o’z hayotini o’zi qurdimi, demak uni ma’lum bir rishta va ichki tuyg’ulari asosida ko’ngliga qarab, yurak amriga binoan shu ishga qo’l uradi. Insoning bunday ichki tuyg’usini boshqarishi o’ziga bog’liq holatdir, biror joyga bormoqchi bo’lsak, ba’zan oyog’imiz tortmaydi, biror ishga qo’l urmoqchi bo’lsak, bu ish ortida yomonlik yoki yaxshilik turishini sezib turamiz, kimbilandir gaplashganda uning qanday insonligini so’zlashishidan yoki yurish -turishidan sezib turamiz-u, u bilan shunga qarab gapirishimiz, yaqinlashishimiz yoki uzoqlashishimiz ham shu ichki tuyg’u retseptorlari tomonidan berilgan signallar buyrug’iga asoslangan holat emasligini sezib turamiz, chunki bu insonning ich-ichidagi uyg’nmay qolgan yoki yashiringan sehrgarlik desak ham adashmaymiz. Uning ichki dunyosida yotuvchi bu kuchni sezuvchanlik, biror voqea-hodisani oldindan ko’ra bilish yoki biror bir ishni qilishdan oldin shu ishni qilishga botinolmasligi, ya’ni shu ishni qilishga ko’ngli yo’l bermaganligi haqidagi harakat va holatlar ham ayni shu kuchning ichki o’chog’idir. Alloh tomonidan berilgan bunday qobiliyat hammada ham bo’lavermaydi, agar bunday qobiliyat sizda bo’lsa, demak siz dunyodagi eng baxtli insonsiz, chunki siz har bir ishni boshlashingiz mobaynida sizga bu ishning oqibati salbiy yoki ijobiy bo’lishini aytib turuvchi ichki hissiyot yotadi va bu hissiyot sizning omad kalitingiz bo’lib xizmat qiladi. Sizda ham yuqorida ta’kidlab o’tgan xususiyatlar bor bo’lsa, ajab emas. Agar bunday xususiyat sizda bo’lsa, uni shunday asrangki, u sizni hech qachon tark etmasin. Bizning yuqorida aytib o’tgan ayrim hayotiy misollarimiz bu xususiyatning ulkan ummondan bir tomchi suv olgandek gap, buni davom ettirish sizga bog’liq ushbu maqolani yozishimdan maqsad, siz azizlarga oz bo’lsada motivatsion kuch berish uchun harakat qildim, demoqchi bo’lganim bu xususiyatingizni hech qachon tashlab qo’ymang unga quloq soling, u har damda sizga yordam beradi. “Alloh” bergan bunday nozik nutq hammaga ham berilavermaydi, agar sizda shunday xususiyat bo’lsa, siz o’zingizni dunyodagi eng baxtli odam ekanligingizni yana bir bor ich-ichingizdan sezasiz.