ENG OG’IR GUNOH. O‘TKIR HOSHIMOV ASARLARIDA HAQIQIY HAYOTIY VOQEALAR RIVOJI
Keywords:
Kalit so‘zlar; Hayot, gunoh, yozuvchi, hikmat, ona siymosi ,foniy, bolalik, urush, tosh, gul, soqqa, yong’oq va boshqalar.Abstract
Inson bo’lib dunyoga keldikmi, eng muhimi bu dunyoda inson bo’lib yashashimiz kerak ekan. Har bir inson dunyoga kelibdiki, dunyo go’zalliklaridan bahramand bo’ladi va bu go’zal dunyoda uzoq umr ko’rgisi keladi. Lekin bu dunyo foniy ekanligini, bu dunyoda inson zoti qilgan yaxshi amal-u, ezgu xususiyatlaridan tortib qilgan barcha gunohlarining hisobi ham olinishini unutmaslik kerak. Bu dunyoda nima gunoh-u nima savob ekanligini oilamiz kattalridan yoshlik paytlarimizdanoq o’rganib kelamiz. Ba’zi insonlar bu xislatlarni o’zlariga olishadi, ba’zilari esa umuman o’zlariga olishmaydi. Buyuk yozuvchilarimizdan biri O’tkir Hoshimov o’zining “Dunyoning ishlari” asarida bunday jozibali xislatlardan tortib, salbiy xislatlarni ham shunday chiroyli ochib berganki, ushbu xislatni xuddi toshdan mohirlik bilan yasalgan gulga o’xshatish mumkin. Yozuvchining bolalik chog’lari rutubatli urush va undan keyingi davrlarga to’g’ri kelgan. Ayni urush vaqtida dunyoga kelgan bo’lajak adib o’zining ushbu memuar qissasida o’zbek xalqining og’ir ahvolini qalamga oladi. Qissa kichik-kichik novellalardan tashkil topgan. Bular orasidagi “Eng og’ir gunoh” novellasi o’zida asl haqiqiy hayotiy muhabbatni aks ettira olgan.
References
O‘tkir Hoshimov. “Dunyoning ishlari”
“Dunyoning ishlari” . Yoshlar nashriyot uyi. Toshkent 2018
“Dunyoning ishlari”. Uzsmart.uz
“Dunyoning ishlari” . kh-davron.uz