LEGAL TECHNI JORIY ETISH: YURIDIK FIRMALARDA O’ZGARISHLARNI BOSHQARISH
Keywords:
: Legal Tech, yuridik firmalar, o’zgarishlarni boshqarish, raqamlashtirish, innovatsiya, huquqiy texnologiyalar, boshqaruv modeli, amaliy tavsiyalar, samaradorlik.Abstract
Annotatsiya: Ushbu tadqiqot Legal Tech ya'ni yuridik texnologiyalarni yuridik firmalarda joriy etish jarayonida o‘zgarishlarni boshqarish mexanizmlarini tahlil qilishga bag‘ishlangan. Maqolada yuridik sohada raqamli texnologiyalarni tatbiq etishning ahamiyati, yuridik xizmatlarni avtomatlashtirish jarayonining o‘ziga xos jihatlari va bu o‘zgarishlarning tashkilot madaniyati hamda boshqaruv tizimiga ta’siri yoritilgan. Tadqiqotda xorijiy va mahalliy olimlar tomonidan ilgari surilgan ilmiy yondashuvlar tahlil qilinib, ularning Legal Tech rivojiga oid qarashlari o‘rganilgan. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, Legal Tech vositalarini samarali joriy etish yuridik firmalarning boshqaruv tizimini takomillashtiradi, xizmat sifatini oshiradi, mijozlar bilan munosabatlarni soddalashtiradi va ish unumdorligini oshiradi. Shu bilan birga, texnik infratuzilmaning yetishmasligi, xodimlarning texnologik ko‘nikmalari pastligi, ma’lumotlar xavfsizligiga oid xavotirlar va moliyaviy to‘siqlar Legal Techni keng joriy etishda asosiy muammolar sifatida namoyon bo‘lmoqda. Maqola yakunida yuridik firmalarda Legal Techni samarali tatbiq etish uchun nazariy va amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan. Nazariy tavsiyalar o‘zgarishlarni boshqarishning konseptual modeliga asoslanadi, amaliy tavsiyalar esa yuridik firmalarda texnologik innovatsiyalarni bosqichma-bosqich joriy etish, xodimlarni tayyorlash, raqamli infratuzilmani mustahkamlash va texnik xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan. Tadqiqot natijalari yuridik firmalarda innovatsion boshqaruv tizimini shakllantirish, raqamli o‘zgarishlarga moslashish va huquqiy xizmatlar samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
References
Artificial Lawyer. (2020, January 28). White & Case whitelabels LawGeex for client contract review needs.
2. Clifford Chance rasmiy press-relizi va Financial Times Innovative Lawyers Report 2018.
3. Google Scholar.
4. Harvard Law School. (2022). Legal Tech and law firm transformation.
5. Rostain, T. (2019). Robots versus lawyers: A user-centered approach. Georgetown Journal of Legal Ethics, 32, 559–574.
6. Surden, H. (2019). Artificial intelligence and law: An overview. Georgia State University Law Review, 35(4), 1305–1337.
7. Thomson Reuters. (n.d.). Five change management best practices.
8. Thomson Reuters Institute. (2024). The 2024 State of the Legal Market Report.
9. Thomson Reuters. State of the Legal Market 2020.
10. O‘zbekiston Respublikasining “Elektron hukumat to‘g‘risidagi” Qonuni (O‘RQ-395-son, 09.12.2015).
11. O‘zbekiston Respublikasining “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘RQ-547-son, 02.07.2019).
12. “Raqamli Oʻzbekiston-2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida Farmon
13. The Law Society Gazette (2021), “Mishcon de Reya fined for client data breach” article
14. EU GDPR 2018, Data Protection Act 2018






