SUN’IY INTELEKT ASOSIDA HUQUQIY AXBOROTLARNI TAHLIL QILISH IMKONIYATLARI
Keywords:
Kalit so’zlar: Sun’iy intellekt, huquqiy axborot, huquqiy tahlil, huquqiy texnalogiyalar, algoritmik shaffoflik, raqamli transformatsiya, yirik til modellari, huquq va texnalogiya, etik masalalar.Abstract
Annotatsiya: Mazkur maqolada sun’iy intellekt texnologiyalarining huquqiy axborotni tahlil qilishdagi o‘rni va amaliy imkoniyatlari yoritilgan. Bugungi kunda huquqiy sohada normativ hujjatlar, sud qarorlari, shartnomalar va boshqa ma’lumotlarning hajmi ortib borayotgani sababli, inson omili bilan ularni to‘liq tahlil etish murakkablashmoqda. Shu bois, sun’iy intellekt huquqiy jarayonlarni avtomatlashtirish va samaradorligini oshirishda muhim vosita sifatida e’tirof etilmoqda. Tadqiqotda AI tizimlarining huquqiy ma’lumotlarni qidirish, hujjatlar tahlili, huquqiy tendensiyalarni bashorat qilish, shartnomaviy risklarni aniqlash kabi funksiyalarini amalga oshirishdagi ahamiyati tahlil qilingan.
Bundan tashqari, maqolada sun’iy intellektdan foydalanish jarayonida yuzaga keluvchi huquqiy va axloqiy muammolar — ma’lumot maxfiyligi, algoritmik shaffoflik, javobgarlik masalalari ham ko‘rib chiqilgan. O‘zbekiston Respublikasida sun’iy intellektni huquqiy tizimga joriy etish bo‘yicha qabul qilingan qaror va farmonlar, shuningdek, xorijiy tajribalar tahlili orqali AI asosida huquqiy axborotni tahlil qilishning istiqbollari yoritilgan. Xulosa sifatida, sun’iy intellekt inson o‘rnini to‘liq bosa olmaydi, ammo huquqiy tizimda “inson + texnologiya” tamoyili asosida samaradorlikni oshiruvchi muhim yordamchi vosita sifatida xizmat qilishi lozimligi ta’kidlanadi.






