LISONIY BIRLIKLARDA UMUMIYLIK VA XUSUSIYLIK MUNOSABATINING IFODALANISHI
Abstract
Har bir til hodisasi muayyan matnda alohida – alohida olib o‘rganiladi, izohlanadi va shu asosda umumlashtiriladi. Badiiy asarda tilga olingan detallar asarning umumiy ruhiga yoki davr ruhiga qay darajada mos kelishi aniqlanadi. Qahramon dunyoqarashi uning nutqida qay darajada aks etgan? Asar ishtirokchilarining dialoglari monologlari badiiylik talablariga javob beradimi? Umuman asardagi xususiy holatlar asarning butuniga aloqadormi, yo‘qmi kabi holatlar aniqlanadi. «Mavzu, janr, uslub va tilga xos umumiy belgilar hamda muallif individualligiga xos xususiy belgilarning matnda namoyon bo‘lishini izohlash» ham shu tamoyil talablaridan hisoblanadi. Turli qatlamga xos so‘zlarning badiiy matnda qo‘llanishi bilan bog‘liq tekshirishlar yoki qahramonlarning o‘zlari mansub bo‘lgan toifa tilidan qay darajada iste’foda qilishini o‘rganish kabilarda xususiylikdan umumiylikka o‘tish qonuniyati hisobga olinadi.
References
Nurmonov A va boshqalar. O’zbek tilining mazmuniy sintaksisi. T.,1992.
Nurmonov A., Shahobiddinova Sh. Grammatik kategoriya muammosiga doir ayrim mulohazalar. // O’TA, 1998, 6-son.
Rahmatullayev Sh. "O’zbek tilida tobe boglanishning turlari. T.,1993.
Sayfullayeva R., Abduzalova M. Gapning eng kichik kurilish qoliplari haqida.//O’TA, 1991, 5-son.
Solntsev V.M Yazik kak sistemno-strukturnoe obrazovanie M., 1977.
Sossyur F. De. Trudi po yazikoznaniyu. M., 1977.
Shoabdurahmonov Sh., Asqarova M., Hojiyev A., Rasulov I., Doniyorov X.. Hozirgi o’zbek adabiy tili. T., 1980.