K43 TOIFASIDAGI PARA TAEKVONDO SPORTCHILARI UCHUN KOMPENSATOR, HIMOYA, MANYOVR VA HIMOYA-STEP TEXNOLOGIYALARINI RIVOJLANTIRISHGA QARATILGAN INTEGRATSIYALASHGAN METODIK YONDASHUV ASOSLARI

Authors

  • To‘lqinova Shoxistaxon Qaxramon qizi Farg‘ona davlat universiteti Sport faoliyati fakulteti Adaptiv jismoniy tarbiya va sport Nazariyasi kafedrasi o‘qituvchisi

Abstract

 

Mazkur ilmiy ishda maxsus ilmiy-uslubiy manbalar tahlili asosida para sport, xususan para taekvondo yo‘nalishida olib borilayotgan tadqiqotlarning asosiy yo‘nalishlari yoritilgan. Tahlillar K43 toifasidagi sportchilar uchun kompensator mexanizmlarni kuchaytirish, moslashtirilgan himoya texnikalarini ishlab chiqish, manyovr harakatlari tizimini takomillashtirish va himoya-step texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha ilmiy bo‘shliqlar mavjudligini ko‘rsatdi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, sog‘lom qo‘lning kompensator imkoniyatlarini oshirish, zarba yo‘nalishini oldindan anglash va samarali bloklash texnikalarini shakllantirish bo‘yicha individual metodikalar yetarli darajada ishlab chiqilmagan. Shuningdek, elastiklik va koordinatsiyani rivojlantirishga qaratilgan manyovr mashqlari hamda step harakatlarini tezlik, aniqlik va muvozanat bilan uyg‘unlashtirishga asoslangan adaptiv tizimlar O‘zbekiston para taekvondo maktabida keng joriy etilmagan. Ushbu jihatlar bo‘yicha integratsiyalashgan tayyorgarlik metodikasini ishlab chiqish milliy para taekvondo rivoji uchun dolzarb ilmiy va amaliy vazifa sifatida belgilandi.

 

References

1. Salomov, R. (2020). Para sportchilar uchun kompensator mashqlar tizimi. Toshkent: O‘zbekiston jismoniy tarbiya va sport ilmiy markazi.

2. Evseev, Y. (2019). Adaptivnaya fizicheskaya kultura i sport. Moskva: Sovetskiy sport.

3. Platonov, V.N. (2020). Sistema podgotovki sportsmenov: teoriya i praktika. Kiev: Olimpiyskaya literatura.

4. Lee, J. (2021). Application of sensor-based training for improving step reaction in taekwondo. Korean Journal of Sports Science, 30(4), 512–520.

5. Kim, S. (2022). Enhancing footwork speed in combat sports through adaptive drills. Journal of Strength and Conditioning Research, 36(8), 2211–2218.

Downloads

Published

2025-08-05