RAQAMLI MADANIYAT VA YOSHLAR ONGIDA KORRUPSIYAGA QARSHI MAFKURAVIY IMMUNITET: O‘ZBEKISTON TAJRIBASINING ZAMONAVIY TAHLILI
Abstract
Mazkur maqolada raqamli madaniyat sharoitida yoshlarning ongida korrupsiyaga qarshi mafkuraviy immunitetni shakllantirish masalasi O‘zbekiston tajribasi asosida tahlil qilinadi. Tadqiqotda yoshlar orasida korrupsiyaga nisbatan ijtimoiy-madaniy qarashlar, axborot texnologiyalarining ta’siri hamda korrupsiyaga qarshi kurashda raqamli platformalarning samaradorligi o‘rganiladi. Uslubiy jihatdan maqola sotsiologik so‘rov, kontent-tahlil hamda normativ-huquqiy hujjatlarning tahliliga tayangan. Natijalarga ko‘ra, raqamli texnologiyalar orqali korrupsiyaga qarshi ijtimoiy ongni mustahkamlash, yoshlar orasida huquqiy madaniyatni rivojlantirish hamda virtual mafkuraviy immunitetni kuchaytirish imkoniyatlari aniqlangan. Xulosa qismida esa O‘zbekistonning ilg‘or tajribasi asosida xalqaro miqyosda qo‘llanishi mumkin bo‘lgan amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
References
1. Karimov I.A. Yuksak ma'naviyat — yengilmas kuch. — Toshkent: Ma’naviyat, 2008.
2. Jo‘rayev M., Tursunov B. Korrupsiyaning ijtimoiy-psixologik ildizlari va uning oldini olish yo‘llari. // “Ijtimoiy fanlar” jurnali, 2020, №2.
3. Abdujabborov A. Yoshlarning huquqiy ongini shakllantirishda milliy qadriyatlarning o‘rni. // “Yosh olimlar ovozi”, 2021, №4.
4. Yo‘ldoshev Q. Yoshlarda fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishda ma’naviy tarbiyaning roli. // “Pedagogik ta’lim” ilmiy jurnali, 2019, №1.
5. Islomova Z. Globallashuv sharoitida yoshlar ongida axloqiy qadriyatlar evolyutsiyasi. // “O‘zbekiston ijtimoiy fanlari”, 2022, №3.
6. O‘zbekiston respublikasi Prezidentining 06.07.2021 sanada chiqqan “Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi 6257-son Farmoni, https://www.lex.uz/ru/docs