MUTAFAKKIR MIRZO ULUG’BEK VA UNING “XAMSAXONLIK” HAMDA “SHOHNOMAXONLIK” MAJLISLARI

Authors

  • Sherxon Qorayev, Xalqaro innovatsion universitet dotsenti (Phd).

Abstract

Mutafakkir podshoh Muhammad Tarag‘ay Ulug‘bek(1394-1449) davri (1409 -1449)da  Movarounnahrda fan, madaniyat va adabiyot gullab yashnagan. Alisher Navoiy ta’biri bilan aytganda, kamolotga erishgan donishmand podshoh edi: “Donishmand podshoh erdi. Kamoloti bag‘oyat ko‘p erdi. Yetti qiroat bila Qur’oni majid yodida erdi. Hay’at va riyoziyni xo‘b bilur erdi. Andoqkim, zij bitidi va rasad bog‘ladi va holo aning ziji oroda shoe’dur. Bovujudi bu kamolot goho nazmg‘a mayl qilur erdi”. Albatta, Navoiy Ulug‘bekni “kamoloti bag‘oyat ko‘p erdi” deya, uning turli ilmlardan xabardor yetuk mutafakkir olim bo‘lganiga urg‘u bermoqda. 

Downloads

Published

2024-12-18