ARAB VA O‘ZBEK MAQOLLARINING QIYOSIY TAHLILI
Abstract
Tilning go‘zallik darajasini belgilab beruvchi eng asosiy unsurlardan biri bu maqol va matalardir. Har bir tilda maqol tushunchasini bevosita uchratishimiz mumkin. Tilning uslubiy bo‘yoqdorligi va uni tasviriy ifodalarga boyligi ham xalq tilidagi maqollarda o‘z aksini topadi. Har bir xalqning yillar davomida ko‘rgan kechirganlari, maishiy turmushini yoritib beruvchi ,hamda hayotiy tajribalardan kelib chiqqan holda xalq orasida keng tarqalgan og‘zaki, falsafiy tushunchalardir. Maqollar o‘g‘zaki ijodning eng qadimgi turi hisoblanadi. Qadimda ota bobolarimiz maqollarni “sav” deb atashgan. Masalan Mahmud Koshqariy o‘zining “Devonu lug‘otit turk” asarida maqollarni yani “sav” larning eng qadimgilaridan uch yuztasini keltirib o‘tgan[1]. Va hozirgi kunda ham xalq maqollari va matallari ustidan bir qancha ilmiy ishlar olib borilyapdi. Va bu shu tilning rivojlanishiga katta hissa qo‘shyapdi. Yana bir shunday qadimiy maqollarni o‘z ichiga olgan asar bu Gulxaniyning Zarbulmasal asaridir. Bu asarda bizning ota-bobolarimiz tomonidan keng ishlatilgan maqol masallar yoritilib berilgan.
[1] 5-sinf adabiyoti darsligi
References
Rahmatjonova Kamola Monografiya kitobi T:2022 4 b
Арабская фразеалогия kitobi
5-sinf adabiyoti T:2015 9 b.
O’zbek xalq maqollari kitobi T:2005 70 b