G’AFUR G’ULOMNING “YODGOR” QISSASIDA “GENDER TENGLIK” MASALASI
Abstract
Ayolni e’zozlash, unga ehtirom ko‘rsatish o‘zbek xalqiga xos oliyjanob xususiyatlardan biridir. Azal-azaldan xotin-qizlarimizga ertangi kun davomchilari bo‘lmish kelajak avlodlar ham jisman, ham ma’nan kamolga yetkazuvchi ulug‘ zot sifatida e’zozlanib kelingan. Shu ma’noda O‘zbekistonda xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rni va mavqeyini mustahkamlash borasida davlat ahamiyatiga molik tarixiy ishlar, O‘zbekistonda gender tengligini ta’minlashning dolzarb masalalari joriy holat, vazifalar va istiqbol harakatlari amalga oshirilmoqda. Ammo, yaqin o’tmish tariximizda ayollarga munosabat ayanchli, ularning jamiyat ishlarida ishtirok etishiga yo’l qo’yilmagan, xotin-qizlarning ta’lim olishi qo‘llab-quvvatlanmagan. Ayollarnng millat ertasi sifatida o’qimishli bo’lishi orzuqilingan. Bu haqiqat yozuvchilarimizning asarlarida bir qadar o’z aksini topgan. Buni akademik shoir G’afur G’ulom ijodida ham kuzatish mumkin. Xususan, gender tengligining buzilishiga olib kelayotgan erta turmush va erta nikoh masalasida “Yodgor” qissasida alohida ahamiyat berilgan, ya’ni qissadagi Jo’ra va Saodat ham voyaga yetib, o’qishlarini tamomlab oila qurishadi. Bu esa gender tengligi munosabatlarining asosiy tamoyilidir.
References
Bozorova, N., & Shamsitdinova, M. (2021). GHAFUR GHULAM'S CONTRIBUTION TO THE STUDY OF MUQIMI'S WORK.
Oriental Journal of Philology,1(02), 40-47. Bozorova, N., & Madaliev, Y. K. (2023).
GHAFUR GHULAM'S ARTISTIC PRINCIPLE IN ILLUMINATING THE TRUTH OF THE TIME. American Journal of Research in Humanities and Social Sciences,13,6-9. 4. Bozorova, N. (2024). ABOUT ONE ARTISTIC DEVICE OF GAFUR GULYAM. European Journal of Interdisciplinary Research and Development, 24, 116-119.