Published December 31, 2023 | Version v1
Publication Open

CHЕT TILLARNI O'QITISHDA XALQARO TAJRIBA VA INNOVATSION YONDASHUVLARNI O'QUV JARAYONIGA TATBIQ ETISHNING AHAMIYATI

Description

Bugungi kun har bir mutaxassisdan yuqori saviya, professional mahorat, yuksak bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishni talab etmoqda. “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5847-sonli O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonida ham “gumanitar va pedagogik yo‘nalishlarda kadrlar tayyorlash sifatiga e’tiborni kuchaytirish, pedagogik ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha o‘quv reja va dasturlarini ilg‘or xorijiy tajriba asosida qayta ko‘rib chiqish va takomillashtirish, mazkur yo‘nalishda tahsil olayotgan talabalarda ta’lim jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llash ko‘nikmalarini shakllantirish, pedagogik ta’lim infratuzilmasini yaxshilash, hududlardagi barcha umumta’lim maktablariga xorijiy tillarni o‘zlashtirgan, yuqori malakali professional pedagog kadrlarni yetkazib berish; ilg‘or xorijiy tajribalar asosida oliy ta’lim muassasalariga yuqori malakali pedagog kadrlarni maqsadli tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini takomillashtirib borish; oliy ta’lim muassasalarida o‘quv-uslubiy faoliyat uchun mas’ul bo‘lgan mutaxassislar malakasini muntazam oshirib borish; ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha xorijiy tillarda o‘qitiladigan mutaxassislik fanlari salmog‘ini oshirib borish; oliy ta’lim muassasalarida milliy hamda xalqaro baholash tizimlari sertifikatlariga ega bo‘lgan, xorijiy tillarni mukammal o‘zlashtirgan professor-o‘qituvchilar va talabalar ulushini tizimli ravishda oshirib borish”  kabi vazifalar qo‘yilgan. Shunday ekan, hozirgi kunda nafaqat ijtimoiy-gumanitar, balki barcha sohalarni rivojlanishida xorijiy tajribalardan voqif bo‘lish, jumladan chet tillarni zamon talabida chuqurlashtirilgan tarzda o‘qitish va o‘rganish zarurdir.

Files

Ilhomjon To‘xtasinov.pdf

Files (535.7 kB)

Name Size Download all
md5:36587daa719519f66e80b1bdc4fbc43e
535.7 kB Preview Download